Kuzatuvchi » Siyosiy » XOTINI HOMILADORLIK YOKI TUG‘ISH TA’TILIDA BO‘LSA, ERI HAM TA’TIL OLISHI MUMKINMI?

XOTINI HOMILADORLIK YOKI TUG‘ISH TA’TILIDA BO‘LSA, ERI HAM TA’TIL OLISHI MUMKINMI?

Qonunchilikka ko‘ra, ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadi.

Xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.

Xodimning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili unga qulay bo‘lgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:

ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;

bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu ta’tildan oldin yoki keyin;

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

Ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

АЙРИМ ТАДБИРКОРЛАРГА СОЛИҚ ИМТИЁЗЛАРИ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 07-06-25, 19:25
0 АЙРИМ ТАДБИРКОРЛАРГА СОЛИҚ ИМТИЁЗЛАРИ БЕРИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1063-сон, 16.05.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун...

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN

personmaftuna 28-06-24, 08:24
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi...

BANKLARINING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA DOIR MINIMAL TALABLAR

personmaftuna 23-09-25, 23:50
0 BANKLARINING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA DOIR MINIMAL TALABLAR BELGILANDI

“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar...

menu
menu