DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-933-son Qonun imzolandi.
MJtKda davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bunday huquqbuzarliklarga:
davlat mulkini ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish;
ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’yekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish;
ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish kiradi.
Jazo tariqasida mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilangan. Huquqbuzarlik takroran sodir etilganda BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima toʻlanadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YANGI YAGONA MILLIY BAHOLASH STANDARTI TASDIQLANDI
personmaftuna 23-01-24, 00:15Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini...
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI ХODIMLARI ORASIDAN
personmaftuna 15-05-25, 11:41Prezident tomonidan 21.04.2025 - yilda «Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat...
AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI
personmaftuna 03-06-24, 02:26Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda,...