TARBIYALANUVCHI VA O‘QUVCHILARGA JISMONIY YOKI RUHIY TAZYIQ O‘TKAZISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 12-iyundagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘iga ko‘ra pedagog-xodimlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan. Ulardan eng muhimlari:
ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli olib borishi;
mavzudan tashqari mavzularga chalg‘imaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish;
ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan har qanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;
doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ommaviy izza qilmaslik;
ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 19-05-24, 18:08Maktab, о‘qituvchi, о‘quvchi va ota-ona. Kim nimaga mas’ul? Chegaralar qayerda? Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi,...
TOʻSIQSIZ TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI BELGILANDI
personmaftuna 05-03-24, 07:28Prezidentning 12.01.2024-yildagi PQ-20-son «Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish...
SUVNI TEJAYDIGAN SUG'ORISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH
personmaftuna 30-09-24, 22:47“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish...