Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 12-iyundagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘iga ko‘ra pedagog-xodimlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan. Ulardan eng muhimlari:
ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli olib borishi;
mavzudan tashqari mavzularga chalg‘imaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish;
ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan har qanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;
doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ommaviy izza qilmaslik;
ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.