Kuzatuvchi » Siyosiy » KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH STANSIYALARI O‘RNATILADI

KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH STANSIYALARI O‘RNATILADI

To‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024-yildagi «Respublikada 2024-2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-732 son qarori qabul qilindi.

2025-yil 1-fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari infratuzilmasi ob’ektlari loyihalarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, shu jumladan, ularga yaqin joylashgan to‘xtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Hujjat bilan davlat organlari, mahalliy ijro organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududida stansiyalarni o‘rnatish joylarini "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan tizimida elektron auksion orqali ijaraga berish ruxsat etiladi.

Hujjat bilan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi:

avtoto‘xtash joylari, ijtimoiy ob’ektlar va davlat muassasalarida;

savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar va ko‘p qavatli uylar yonida;

avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI

personmaftuna 05-08-24, 18:50
0 YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI

Davlat soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi “Yuridik sha х slarni soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning...

IXTIYORIY VA MAJBURIY SUG‘URTA

personmaftuna 18-03-24, 01:40
0 IXTIYORIY VA MAJBURIY SUG‘URTA

Sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tashkiloti sug‘urtalovchi bilan tuzadigan mulkiy yoki...

OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR

personmaftuna 29-09-24, 20:11
0 OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning...

menu
menu