Kuzatuvchi » Siyosiy » KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR IMTIYOZGA EGA BO‘LDI

KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR IMTIYOZGA EGA BO‘LDI

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-993-son, 07.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilandi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛГАН АҲОЛИГА БИЗНЕС ТАШАББУСЛАРИНИ

personmaftuna 30-09-24, 07:43
0 ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛГАН АҲОЛИГА БИЗНЕС ТАШАББУСЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ УЧУН КРЕДИТЛАР БЕРИЛАДИ

02.04.2024 йил кунги ПҚ-149-сон “Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида аҳолининг бизнес...

BAHOLASH FAOLIYATI: TEKSHIRUVLARDA BAHOLOVCHINING EKSPERT

personmaftuna 19-09-24, 07:09
0 BAHOLASH FAOLIYATI: TEKSHIRUVLARDA BAHOLOVCHINING EKSPERT SIFATIDA ISHTIROK ETISHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.08.2024-yildagi “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi...

DAVLAT ISHTIROKIDAGI YIRIK KORXONALARNI TRANSFORMATSIYA

personmaftuna 25-06-24, 15:00
0 DAVLAT ISHTIROKIDAGI YIRIK KORXONALARNI TRANSFORMATSIYA QILISH JADALLASHTIRILADI

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish...

menu
menu