Kuzatuvchi » Siyosiy » SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA QOʻMITASIGA QOʻSHIMCHA VAZIFALAR YUKLANDI

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA QOʻMITASIGA QOʻSHIMCHA VAZIFALAR YUKLANDI

Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasidagi sanitariya va fitosanitariya shartlari toʻgʻrisida Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini хabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-816-son qarori qabul qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi:                                                

  • oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, nizomlar toʻgʻrisida JST a’zo davlatlarini muntazam хabardor qilishni ta’minlash;                                
  • sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi loyihalarni e’tiroz va takliflar olish uchun JST a’zo davlatlariga yuborish;                       
  • JST a’zo davlatlarining e’tiroz yoki takliflari va qarshiliklari asosida chora-tadbirlar loyihalarini qayta ishlash uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga kiritish;               
  • JST a’zo davlatlari va manfaatdor tomonlarning asoslangan soʻrovlariga javoblar yuborish.

03.06.2024-yildagi PF-85-son Prezident farmoniga muvofiq, Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari boʻyicha Aхborot markazi tashkil etildi.

 
Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

YERLARNING INVESTITSIYAVIY IMKONIYATLARIDAN SAMARALI

personmaftuna 26-12-24, 14:55
0 YERLARNING INVESTITSIYAVIY IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan...

❗️SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

personmaftuna 29-06-24, 09:33
0 ❗️SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston...

PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR

personmaftuna 19-05-24, 03:22
0 PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARI JORIY QILINISHI JADALLASHTIRILADI

“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha...

menu
menu