I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soatu 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.
Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.
Rafiqjon G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KAFILLIKNING BEKOR BO‘LISH ASOSLARI QUYIDAGILAR HISOBLANADI
personmaftuna 30-09-24, 12:04—kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyatning bekor bo‘lishi; —kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat...
YO'L OBYEKTLARI ALOHIDA RUXSATNOMA OLINGANDAN SO'NG
personmaftuna 23-07-24, 14:20“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha...
“ENG FAOL IJTIMOIY XODIM” TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI
personmaftuna 22-02-24, 07:04Hukumat qarori (69-son, 03.02.2024-y.) bilan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish...