“ENG FAOL IJTIMOIY XODIM” TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI BELGILANDI
Hukumat qarori (69-son, 03.02.2024-y.) bilan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
🔰 Nizomga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy xodim assistentlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlardagi xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori bo‘yicha ijtimoiy xodimlar o‘rtasida “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovi tashkil etiladi.
- Shunga ko‘ra, har yili 1-aprelgacha ko‘rik tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon beriladi va nomzodlar 1-apreldan 30-aprelgacha agentlik veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
📁 Ko‘rik tanlovning hududiy saralash bosqichi may oyida, respublika final bosqichi iyun oyida o‘tkaziladi.
🗂 Tanlov quyidagi sinovlar asosida o‘tkaziladi:
➖ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan ijitimoiy ish sohasidagi onlayn test sinovlari;
➖ishtirokchilarning IQ (intellektual koeffitsient) va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
➖ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat.
✅ Tanlov g‘olib va sovrindorlari har yili iyul oyining birinchi haftasida quyidagicha taqdirlanadi:
🔹 Hududiy saralash bosqichida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining quyidagicha miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti:
▫️1-o‘rin – 5 baravari (5 mln 250 ming so‘m);
▫️2-o‘rin – 3 baravari (3 mln 150 ming so‘m);
▫️3-o‘rin – 2 baravari (2 mln 100 ming so‘m).
🔹Respublika final bosqichida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining quyidagicha miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti:
▫️1-o‘rin – 20 baravari (21 mln so‘m);
▫️2-o‘rin – 15 baravari (15 mln 750 ming so‘m);
▫️3-o‘rin – 10 baravari (10 mln 500 ming so‘m).
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN QARZDORLIKNI UNDIRISHGA
personmaftuna 20-09-24, 06:59O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi...
НАВРЎЗ БАЙРАМИНИ НИШОНЛАШГА ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
personmaftuna 25-04-24, 02:10Президентнинг 03.03.2024 йилдаги ПҚ-113-сонли “2024 йилги Наврўз умумхалқ байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш...
TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV DAVOMIDA KRIPTO-AKTIVLAR QANDAY
personmaftuna 12-02-25, 01:09IIV, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Bosh prokuraturaning «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va...