Kuzatuvchi » Siyosiy » YO'L OBYEKTLARI ALOHIDA RUXSATNOMA OLINGANDAN SO'NG QURILADI VA TA'MIRLANADI

YO'L OBYEKTLARI ALOHIDA RUXSATNOMA OLINGANDAN SO'NG QURILADI VA TA'MIRLANADI

“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-241-son, 01.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentyabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat'i nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo'llar, trotuarlar va boshqa yo'l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo'l obyektini har qanday ko'rinishda ta'mirlash, buzish, qazish, o'zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so'ng amalga oshiriladi;

ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo'yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda ko'rsatiladi;

ruxsatnoma yo'l obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bog'liq yoki boshqa kechiktirib bo'lmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;

ruxsatnomada yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yo'l obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli ma'muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab bo'lishi haqida ogohlantirish ko'rsatiladi;

yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko'rinadigan joyga ilib qo'yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko'ra taqdim etilishi shart hisoblanadi;

ruxsatnoma olmasdan turib yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va ta'mirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo'ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko'rmaslik, shuningdek, qurilish va ta'mirlash ishlari yakunlangandan so'ng yo'l obyektining avvalgi holatini tiklash bo'yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.



Boshqa maqolalar

IQTISODIY RAQOBATDA SHAXSLAR GURUHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

personmaftuna 24-03-25, 03:44
0 IQTISODIY RAQOBATDA SHAXSLAR GURUHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek boshqa shaxslardan olingan...

“TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

personmaftuna 21-05-25, 13:14
0 “TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025-yildagi "Sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda...

XODIMNING HUQUQLARI

personmaftuna 26-09-24, 01:55
0 XODIMNING HUQUQLARI

Mehnat Kodeksining 21-moddasiga muvofiq, xodim quyidagi huquqlarga ega: mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda...

menu
menu