PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI QANDAY?
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida fuqarolardan ularga pensiya tayinlash uchun talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish tartibi belgilab qo‘yilgan. Hujjatga ko‘ra, tashkilot ma’muriyati pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlarga pensiya tayinlash uchun hujjatlarni oldindan tayyorlashi va zarurat bo‘lganda yetishmayotgan hujjatlarni tashkilotlardan so‘rab olish choralarini ko‘rishi lozim.
Tashkilot ma’muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — «YaMMT» IDAK) orqali pensioner yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi.
Tashkilot ma’muriyati xodim pensiya yoshiga yetgan kundan kechiktirmay uning pensiya olish huquqiga ega bo‘lganini bildirishga majbur.
Tashkilot ma’muriyati qonunchilikka muvofiq xodimning pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (mehnat staji, ish haqi va boshqalar) «YaMMT» IDAKga kiritishi va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi lozim.
Shaxs pensiya tayinlashni so‘rab yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ushbu Nizomga muvofiq shakldagi arizani to‘ldirgan holda, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tib ushbu Nizomga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldirgan holda murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda pensiya tayinlashni so‘rab ushbu Nizomga muvofiq sxemalar asosida murojaat qilinadi.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza yoki so‘rovnoma uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
Shaxs yoki qonuniy vakil pensiya tayinlashni so‘rab o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berish, pochta orqali ariza berish, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnomani to‘ldirib murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilish shaxsning pensiya olish huquqini beradigan ma’lumotlari «YaMMT» IDAKda raqamlashtirilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Bunda, shaxs yoki qonuniy vakil tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim qilingan raqamlashtirilmagan ma’lumotlar yoki hujjatlar orqali pensiya miqdori qayta hisoblanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
GAZ HOLATIDAGI YOQILGʻIDA ISHLOVCHI APPARATLARNING
personmaftuna 10-02-25, 01:54Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024-yildagi “Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning х avfsizligi...
XODIMLARGA ISH VA O‘QISHNI BIRGA OLIB BORISH UCHUN ZARUR
personmaftuna 30-09-24, 02:32Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida...
YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI
personmaftuna 17-04-24, 01:19O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-aprel kuni qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali...