Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT BERISHMAYDI

SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT BERISHMAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 14.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-943-son Qonun imzolandi.

Endilikda Xalq deputatlari kengashlari sud raislarini  sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishmaydi. 

Mazkur chora sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan.

 Ma’lumot uchun: Ushbu talab 2018-yilda joriy etilgan edi. 

Shu bilan birga, endilikda sud raislari har chorakda OAV orqali jamoatchilikni o‘z faoliyati haqida xabardor qilib borishadi. 

Shu bilan birga, sudyani qamoqqa olish shartlari o‘zgarmoqda. 

Ilgari sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu ehtiyot chorasini sudya tomonidan og‘ir jinoyat sodir etilganda ham qo‘llash mumkin. 

 
Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ НАРХИНИ

personmaftuna 12-03-24, 02:27
0 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ НАРХИНИ КЎРСАТУВЧИ АХБОРОТ ТИЗИМИ ИШГА ТУШИРИЛАДИ

“Республикада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ-36-сон,...

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ҲУЗУРИДАГИ ДАВЛАТ

personmaftuna 05-06-25, 13:53
0 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ҲУЗУРИДАГИ ДАВЛАТ БОШҚАРУВИ АКАДЕМИЯСИ ҚАЙТА ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Истиқболли кадрларни мақсадли тайёрлаш ҳамда уларни давлат бошқаруви ва хизматига самарали жалб этиш тизимини янада...

КИМЛАРГА ТЕКИНГА УЙ-ЖОЙ БЕРИЛАДИ ?

personmaftuna 30-09-24, 15:57
0 КИМЛАРГА ТЕКИНГА УЙ-ЖОЙ БЕРИЛАДИ ?

“Давлат уй-жой фондини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунининг 7-моддасига асосан; Қуйидаги ҳолатларда фуқароларга...

menu
menu