Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY TASHKIL ETILADI?

TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY TASHKIL ETILADI?

“Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra amaliyot bo‘yicha mehnat munosabatlarini tashkil etish quyidagicha amalga oshiriladi:

Talaba bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishda talabaning tegishli kasbiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha nazariy tayyorgarlik darajasi, oliy ta’lim tashkilotidan biriktirilgan amaliyot rahbarining tavsiyasi hisobga olinadi.

Amaliyotning birinchi kunida tarmoq korxonasining vakolatli xodimi har bir talabaga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berishi shart.

Muddatli mehnat shartnomasi asosida tarmoq korxonasi talaba amaliyotini o‘tashi uchun buyruq qabul qiladi.

Talaba bilan muddatli mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibga ko‘ra bekor qilinadi.

Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.

Talabalarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishga, shuningdek, ishlanmaydigan bayram va dam olish kunlarida ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Talabalarning ish joyi amaliyotning barcha bosqichlarida tarmoq korxonasi xodimlarining ish joylariga qo‘yiladigan talablarga mos kelishi kerak.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshqa maqolalar

AYOLLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TA’TILLAR

personmaftuna 18-03-24, 01:41
0 AYOLLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TA’TILLAR

Mehnat qonunchiligida 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan...

НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ

personmaftuna 30-01-25, 11:26
0 НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАНГАНЛИГИ ЎРГАНИЛАДИ

“Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларининг илмий асосланганлик даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат...

BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?

personmaftuna 08-08-25, 02:02
0 BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?

O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan, bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik...

menu
menu