AYOLLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TA’TILLAR
Mehnat qonunchiligida 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Ushbu ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo’yilgan.
12 yoshga to‘lmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga ko‘ra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida 14 kalendar kun bo‘lgan ta’til beriladi.
Ixlosbek ESHCHANOV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA
personmaftuna 17-02-24, 04:53Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-902-son, 01.02.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga...
YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI
personmaftuna 26-12-24, 15:16O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan...
ДАСТЛАБКИ СИНОВ
personmaftuna 30-05-24, 12:45Қуйидагилар ишга қабул қилинганда дастлабки синов белгиланмайди: -ҳомиладор аёл, 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёл ёки 3...