DAVLAT TOMONIDAN KAFOLATLANADIGAN BEPUL TIBBIY YORDAMGA NIMALAR KIRADI?
Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Bepul tibbiy xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va emlash;
ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam;
tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari);
yoshli o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18–27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);
toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq yetimlar)ni davlat davolash- profilaktika muassasalarida davolash.
Qoida tariqasida, poliklinika va qishloq vrachlik punkti soat 8-00 dan 20-00 gacha ishlaydi, ammo o‘ziga kerakli shifokorni topish uchun bemor uning qabul kunlarini bilib olishi lozim.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
VOSITACHILIK SHARTNOMASI
personmaftuna 14-05-24, 02:35Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf vositachi ikkinchi tarafning komitent topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan,...
UY-JOY FONDINI BOSHQARISH
personmaftuna 15-05-24, 18:09Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari...
QANDAY AXBOROTLARNI TARQATISH TAQIQLANGAN? BILISH KERAK
personmaftuna 01-05-24, 23:56Konstitutsiyaga asosan har kim fikrlash, soʻz hamda istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Ammo...