Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI QONUNIYLASHTIRISH TARTIBI: MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI QONUNIYLASHTIRISH TARTIBI: MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga “amnistiya” e’lon qilishga oid qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi. Shuningdek, 2024-2025 yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

 

1. Qanday toifadagi mulklarga mulk huquqi e’tirof etiladi?

Qonunga asosan quyidagi ko‘chmas mulklarga nisabatan huquqlar e’tirof etilishi belgilandi:

1) 2018-yil 1-may kuniga (2018-yildagi “bir martalik aksiya”ga) qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

2) 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

3) “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

4) 2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;

5) bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

6) kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martga qadar joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;

7) davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;

8) hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

Bunda, ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun to‘qson to‘qqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq to‘qqiz yil etib belgilanmoqda.

2. Ko‘chmas mulklar qanday shartlar asosida qonuniylashtiriladi?

Huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari sifatida quyidagilar belgilandi:

1) yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi;

2) yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

3) yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

4) muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

5) bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa)

6) har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).

3. Egallab olingan hamma hudud qonuniylashtirilib beriladimi?

Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha e’tirof etiladi:

1) 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

2) 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, yer uchastkalari boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga o‘tkazilgan hollarda, yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ular avval joylashgan ma’muriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini e’tirof etish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi

4. Kimga murojaat qilish kerak?

Fuqarolarning hech bir davlat organiga murojaat qilish talab qilinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko‘chmas mulk obektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025 yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

Tasdiqlangan reja-grafik Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi. Fuqarolar saytga kirib o‘zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.

Reja-grafikka kiritilmagan hududlar kelgusi yillardagi rejalarga kiritiladi.

5. Qancha to‘lov undiriladi?

Huquqlarni e’tirof etganlik uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

1) Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari;

2) Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari;

3) viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari;

4) boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari;

5) Qolgan hollarda esa (hujjatda ko‘rsatilganidan ortiqcha egallangan yerlar, tijorat maqsadlari uchun ajratilgan yerlarda), bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi (o‘rtacha auksion bahosi tumanlar va mahallalar kesimida Davaktiv agentligi tomonidan har olti oyda e’lon qilinadi).

Bunda, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

(Bir martalik to‘lovlarning 64% qismi ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi infratuzilmani tashabbusli byudjetlashtirish tadbirlariga yo‘naltiriladi).

 

            M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 09-02-24, 23:09
0 BILASIZMI?

Prezident tomonidan 15.11.2023-yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va...

1-SINFGA QABUL BOSHLANDI: MUHIM 10 SAVOLGA JAVOB

personmaftuna 28-06-24, 12:19
0 1-SINFGA QABUL BOSHLANDI: MUHIM 10 SAVOLGA JAVOB

Maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi. Onlayn hujjat topshirish mumkin boʻlgan hududlar eʼlon qilindi, boshqa hududlarda...

ЖАҲОН САВДО ТАШКИЛОТИГА АЪЗО БЎЛИШДА МУҲИМ ҚАДАМ — 5 ТА

personmaftuna 12-03-24, 02:27
0 ЖАҲОН САВДО ТАШКИЛОТИГА АЪЗО БЎЛИШДА МУҲИМ ҚАДАМ — 5 ТА ҚОНУН ЖСТ БИТИМЛАРИГА УЙҒУНЛАШТИРИЛДИ

Адлия вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган “Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига Ўзбекистон Республикаси...

menu
menu