Kuzatuvchi » Siyosiy » AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI NIMA?

AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI NIMA?

Ayirboshlash shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 497-moddasi bilan mustahkamlangan.

Ayirboshlash shartnomasi bu – mulk qilib olish va topshirish majburiyati ifodalangan shartnoma. Bunga ko‘ra, har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirib beradi. Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yo‘li bilan topshirish majburiyatini olgan tovar sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.

Fuqarolar o‘rtasidagi eng keng tarqalgan bitimlardan biri ayirboshlash shartnomasidir. Bu ko‘chmas mulk almashinuvi va ba’zi kichik narsalarni almashtirish bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday shartnoma yuridik shaxslar o‘rtasida ham qo‘llaniladi.

Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.

Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda bahosi ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past bo‘lgan tovarni topshirishi lozim bo‘lgan taraf, agar shartnomada haq to‘lashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovar yoki tovarni tasarruf qilish hujjatlari topshirilgandan so‘ng kechiktirmasdan baholardagi farqni to‘lashi lozim.

Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlarni topshirish muddatlari bir-biriga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, tovarni topshirish majburiyatini boshqa taraf tovarni topshirganidan so‘ng bajarishi lozim bo‘lgan tarafning tovarni topshirish majburiyatini bajarishiga nisbatan majburiyatni muqobil bajarish to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi.

Agar qonunda yoki ayirboshlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ayirboshlanadigan tovarlarga mulk huquqi ayirboshlash shartnomasiga muvofiq sotib oluvchi hisoblanadigan taraflarga ikkala taraf tegishli tovarlarni topshirish majburiyatini bajarganidan so‘ng bir vaqtda o‘tadi.

Ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qo‘ygan taraf, nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni va (yoki) zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.

 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

SOGʻLOMLASHTIRISH OROMGOHLARIDA KOʻPROQ BOLALAR DAM OLISHI

personmaftuna 24-06-24, 08:56
0 SOGʻLOMLASHTIRISH OROMGOHLARIDA KOʻPROQ BOLALAR DAM OLISHI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.05.2024-yildagi “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar...

BEVOSITA SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI LOZIM BO‘LGAN YAKKA

personmaftuna 15-05-24, 19:41
0 BEVOSITA SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI LOZIM BO‘LGAN YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARI

Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud...

ҲУҚУҚНИ БИЛИШ ФОЙДАЛИ

personmaftuna 29-03-24, 06:37
0 ҲУҚУҚНИ БИЛИШ ФОЙДАЛИ

Агар сотувчи (ишлаб чиқарувчи) истеъмолчининг товарни алмаштириб бериш ёки ундаги нуқсонларни бартараф этиш ҳақидаги...

menu
menu