Kuzatuvchi » Siyosiy » DORI VOSITALARINING KLINIK TADQIQOTLARIDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

DORI VOSITALARINING KLINIK TADQIQOTLARIDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

      Prezident tomonidan 22.11.2023-yildagi «Farmasevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-879-sonli Qonun imzolandi.

          Endilikda sog‘lom jismoniy shaxslar farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida  ishtirok etishlari mumkin (ilgari faqat bemorlarning ishtiroki belgilangan). Bunda: 

  • klinik tadqiqotda ishtirok etish shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi;
  • klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqot sub’ektiga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimolda tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart;
  • klinik tadqiqot sub’ekti tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli;
  • klinik tadqiqot voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz sub’ekt ishtirokida o‘tkazilgan taqdirda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.

Shuningdek:

  • bir ishlab chiqaruvchining turli savdo nomlari ostidagi, tarkibi bir xil dori moddalaridan iborat bo‘lgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi;
  • dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati 5 yil bo‘lgan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa muddatsiz beriladi (ilgari – 5 yilga).

             Shuningdek, donor qoni va uning tarkibiy qismlaridan farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan farmasevtika tashkilotlariga donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plashni, tayyorlashni, qayta ishlashni va saqlashni amalga oshirishga ruxsat berilmoqda.

 

 S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

OʻZBEKISTON RIVOJLANISHINING STRATEGIK TAHLILI DOIMIY

personmaftuna 11-02-25, 02:22
0 OʻZBEKISTON RIVOJLANISHINING STRATEGIK TAHLILI DOIMIY ASOSDA OʻTKAZILADI

Prezident 31.12.2024-yilda “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va...

ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA

personmaftuna 28-06-24, 11:57
0 ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA NIMALAR OʻZGARDI?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 03.06.2024-yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish...

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI

personmaftuna 25-09-25, 22:26
0 YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI

2023-yil 9-10-mart kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi...

menu
menu