Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI

     Vazirlar Mahkamasining 14.12.2023-yildagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 660-son qarori qabul qilindi.

               Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

  • davlat mulkini ijaraga berish qoidalari;
  • davlat mulkiga ijara to‘lovi miqdorini belgilash tartibi;
  • ijara shartnomasini tuzish va ijara to‘lovlari hisob-kitobi tartibi;
  • balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari;
  • ijaraga berilayotgan davlat mulklari hisobini yuritish.

               «E-ijara» elektron tizimi «online-ijara.uz» axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. 2024-yil 1-martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlarini undirish va ularning taqsimoti «E-ijara» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

               Onlayn-auksion natijalariga asosan ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan) ikki tomonlama rasmiylashtiriladi.

               Ijara to‘lovi ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda navbatdagi davr (chorak yoki oy) uchun 100 foiz oldindan to‘lash shaklida amalga oshiriladi.

Mazkur tartib:

  • obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda moddiy madaniy meros ob’ektlari va ularga tutash hududlarni ijaraga berishga;
  • kasb-hunarga o‘qitish markazlarining ta’lim jarayonidan bo‘sh bo‘lgan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari (asbob-uskunalari bilan birga) hamda boshqa bino va inshootlarini ijaraga berishga;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning alohida tartib o‘rnatilgan yopiq hududlarida joylashgan bino va inshootlarini ijaraga berishga;
  • teatr-tomosha korxonalarining tomosha ko‘rsatish zallari va maydonlarini ijaraga berishga;
  • davlat tashkilotlarining xizmat turar joylarini ijaraga berishga;
  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, umumiy foydalanishdagi yerlar (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari) davlat tashkiloti, korxonasi va muassasasi balansida bo‘lmagan yerlar va zaxira yerlarni ijaraga berishga;
  • yerosti boyliklarini ijaraga berishga;
  • intellektual mulk ob’ektlarini ijaraga berishga;
  • Prezidentning hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ijaraga berishning o‘zgacha tartibi belgilangan davlat mulklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

 S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

NIKOH YOSHI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN

personmaftuna 29-06-24, 09:18
0 NIKOH YOSHI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK!

Oila kodeksining 47 prim 3-moddasiga ko‘ra, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga...

JARIMAGA TORTISH HAQIDAGI QAROR KECH BERILSA, UNI

personmaftuna 01-05-24, 10:53
0 JARIMAGA TORTISH HAQIDAGI QAROR KECH BERILSA, UNI TOʻLAMASLIK MUMKINMI?

YOʻL-HARAKATI QOIDALARI BOʻYICHA ISHLARNI KOʻRIB CHIQISHDAGI 7 MUHIM JIHAT 1. Haydovchi kameraga tushsa, jarimani kim...

QISQARTIRILGAN VA TO‘LIQSIZ ISH VAQTIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

personmaftuna 12-12-24, 01:48
0 QISQARTIRILGAN VA TO‘LIQSIZ ISH VAQTIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

Qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to‘liq...

menu
menu