AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga o‘tkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladigan aholi qatlamini qayta ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash;
palliativ yordam ko‘rsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari loyihalari va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish belgilangan.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XODIM ENG KO‘PI BILAN NECHA STAVKADA ISHLASHI MUMKIN?
personmaftuna 13-12-24, 10:53Hozirgi kunda ko‘p talabalardan bir savol tushmoqda. Ya’ni, xodim qonuniy mehnat shartnomasi tuzgan holda 2 stavka...
YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARINI SUD TARTIBIDA KO‘RIB
personmaftuna 14-06-24, 02:05Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud...
ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH
personmaftuna 16-12-24, 19:23Qonunga ko'ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir: jismoniy zo‘ravonlik; jinsiy zo‘ravonlik;...