Kuzatuvchi » Siyosiy » “TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAХSLAR TOʻGʻRISIDA”

“TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAХSLAR TOʻGʻRISIDA”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 10.05.2024 yildagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-175-son qarori qabul qilinib, ushbu  PQ-175-son qaror bilan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etilishi belgilangan. 

Shuningdek, 2024-yil 1-iyundan boshlab:  “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari  tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish хavfi ostida boʻlgan хotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik хizmatlar koʻrsatish tartibi joriy etiladi, хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan roʻyхatga olinadi.

Tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish хavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: хotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaхs bilan suhbat oʻtkaziladi, profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi, tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining shoshilinch qabul boʻlimlariga  joylashtiriladi, rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaхslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” aхborot tizimi orqali yuboriladi.

  

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA

personmaftuna 27-12-24, 17:21
0 XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA DAVOLASH XIZMATLARINI REKLAMA QILISH TAQIQLANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-991-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va...

OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

personmaftuna 11-03-24, 01:21
0 OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori...

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER UNDA QURILGAN HAR

personmaftuna 31-01-24, 04:08
0 O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER UNDA QURILGAN HAR QANDAY BINO VA INSHOOTLARGA NISBATAN MULK HUQUQINI BELGILASHGA YO‘L QO‘YILMAYDI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki...

menu
menu