Kuzatuvchi » Siyosiy » KASBIY TA'LIMDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH

KASBIY TA'LIMDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH

16.10.2024-yilda “Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-158-son Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra,  kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta'limning barcha darajalari bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etilishi belgilangan.

Shuningdek, texnikumlarda: kadrlar tayyorlash ta'limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etiladi, boshlang‘ich kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash umumiy o'rta ta'lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi, o‘rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlarining bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari, to‘plagan kreditlari va oliy ta'lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (gpa) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi. 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI”

personmaftuna 29-09-24, 20:14
0 OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” O‘RNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya...

IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN

personmaftuna 30-09-24, 11:32
0 IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi...

“ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА

personmaftuna 17-03-25, 11:27
0 “ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА РЕСПУБЛИКА ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛАДИ

“Буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий ижодий меросини юртимиз ва жаҳон миқёсида кенг тарғиб қилиш ҳамда Навоий...

menu
menu