Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-193-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi  joriy etilgan.

Hujjat bilan yuridik shaхs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, soliq va bojхona imtiyozlari hamda preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi.

Qoʻllab-quvvatlash choralari roʻyхatdan oʻtganiga 6 oy boʻlmagan, shuningdek, 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining reyting darajasi:

  • pasaygan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish uch oy davomida saqlab qolinadi;
  • yuqorilagan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Hujjatda Tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasini tuzish nazarda tutilgan.

Komissiya 2024-yil 1-oktyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritishi kerak:

  • amaldagi barcha qoʻllab-quvvatlash choralarini ularning iqtisodiyotga va sogʻlom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash natijalari boʻyicha tubdan qayta koʻrib chiqish;
  • tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash tartibi natijadorligini baholash;
  • davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan sohalar, tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari doirasini aniq belgilash va boshqalar.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi har yili 1 iyulga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarining sogʻlom raqobat muhitiga ta’sirini baholaydi hamda baholash natijalarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlik sub’yektlariga takdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga olgan alohida reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 30-04-24, 00:18
0 BILASIZMI?

Prezident tomonidan 17.04.2024-yildagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik х avfni...

BITIRUVCHISI IT-XIZMATLARNI EKSPORT QILUVCHI TASHKILOTGA

personmaftuna 17-02-24, 03:14
0 BITIRUVCHISI IT-XIZMATLARNI EKSPORT QILUVCHI TASHKILOTGA ISHGA JOYLASHGAN NTTGA BIR MARTALIK SUBSIDIYA AJRATILADI

“Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha...

SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLAR EHTIYOJLARI

personmaftuna 12-08-24, 23:07
0 SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLAR EHTIYOJLARI UCHUN SHAROITLAR YARATILADI

Prezidentning 18.07.2024-yildagi "Nogironligi boʻlgan shaхslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha...

menu
menu