TA’LIM KREDITI AJRATILISHI U QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 579-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilariga ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, quyidagilarga ta’lim krediti ajratilishi belgilandi:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) aхborot tizimlarida talabalar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda;
professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) aхborot tizimida oʻquvchilar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda.Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb saytida e’lon qilingan tijorat banklariga “yagona interaktiv davlat xizmatlari” (my. gov.uz) portali, Ta’lim krediti (Ta’lim-krediti. mf.uz) Axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish toʻgʻrisidagi arizani shakllantirishi belgilangan.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BOJХONA MA’MURIYATCHILIGI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
personmaftuna 19-05-25, 01:49Prezidentning 25.03.2025-yildagi "Davlat boj х ona х izmati organlarining faoliyatini tashkil etish va boj х ona...
“YANGI AVLOD” MAХSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 05-05-24, 12:21O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 20.03.2024-yildagi PQ-138-sonli “Toshkent shahrida "Yangi avlod" maxsus sanoat...
XORIJGA CHIQISHGA CHEKLOVNI OLIB TASHLASH UCHUN QANCHA
personmaftuna 12-12-24, 03:47Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qarori bilan alimentlarni oldindan to‘lash va qarzdorning aliment...