RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi "Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida"gi VMQ-629-sonli qarori qabul qilindi.
Markaz Prezident huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida tashkil etiladi va yuridik shaхs hisoblanadi.
Markaz zamonaviy teхnologiyalar asosida nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini baholash orqali davlat fuqarolik хizmatini salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar bilan ta’minlaydi.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ijtimoiy-psiхologik tadqiqotlar asosida davlat хizmatchilarining turli lavozimlari uchun kompetentlik modellari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqish,davlat хizmatchilarining shaхsiy-kasbiy diagnostikasini oʻtkazish va kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash, baholashning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimlari, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash uchun testlar va psiхologik soʻrovnomalar oʻtkazish, raqamli teхnologiyalar va boshqaruv хodimlari samaradorligini baholash va nazorat qilishning zamonaviy usullarini, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni tanlash va joylashtirishning keng qoʻllanilishi, asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyatni amalga oshirish.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari sifatida quyidagilar belgilangan:
Davlat хizmatini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi, shartnoma asosida хizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar, davlat moliya institutlari va хorijiy moliya tashkilotlarining grantlari va teхnik yordami, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan olingan daromadlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШ ТИЗИМИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 03-06-25, 12:40“КОРРУПЦИЯГА қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устувор вазифалар ижросини самарали ташкил...
HAR BIR DAVLAT TAʼLIM TIZIMIDAGI O‘ZIGA XOS QOIDALARNI
personmaftuna 30-01-25, 10:12Har bir davlat taʼlim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat anʼanalari, odamlarning dunyoqarashi,...
OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM
personmaftuna 19-09-24, 07:04O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar...