“YANGI AVLOD” MAХSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 20.03.2024-yildagi PQ-138-sonli “Toshkent shahrida "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi va "Yangihayot" industrial texnoparki hududida boʻsh turgan 100 gektar yer uchastkasini ushbu texnopark hududidan chiqarilib MSZga oʻtkaziladi.
"Yangi avlod" MSZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin. "Yangi avlod" MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
"Yangi avlod" MSZni tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari tegishli yer uchastkalarida tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanadi hamda yer uchastkalari olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanadi.
"Yangi avlod" MSZni boshqarish uchun "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati ta’sischiligida MChJ shaklida "Yangi avlod" boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
● "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari;
● "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari;
● "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRGANLIK UCHUN QANCHA
personmaftuna 22-03-25, 06:21Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun agar ko‘chmas mol-mulk...
AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH
personmaftuna 19-05-24, 19:27Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023 y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va...
ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI
personmaftuna 24-07-24, 01:35“Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish...