Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLARDAN 8 TURDAGI HISOBOTLARNI TALAB QILISH BEKOR QILINDI

TADBIRKORLARDAN 8 TURDAGI HISOBOTLARNI TALAB QILISH BEKOR QILINDI

“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PQ–8-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi. 

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

▫2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy; 

▫2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun – majburiy;

▫2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.  

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


Boshqa maqolalar

ИПАКЧИЛИК ВА ЖУН САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ҚЎМИТАСИ ТУГАТИЛАДИ

personmaftuna 25-08-25, 02:38
0 ИПАКЧИЛИК ВА ЖУН САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ҚЎМИТАСИ ТУГАТИЛАДИ

“Яйловларни муҳофаза қилиш ва улардан оқилона фойдаланишнинг замонавий механизмларини жорий этиш чора-тадбирлари...

SUV ХOʻJALIGI BOSHQARUV TIZIMI ISLOH QILINADI

personmaftuna 03-06-24, 02:11
0 SUV ХOʻJALIGI BOSHQARUV TIZIMI ISLOH QILINADI

Prezidentning 07.05.2024 - yildagi PF-74-son Farmoni bilan suv хoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va...

BANKLAR QARZDORLIK HISOBIGA BALANSGA OLINGAN MOL-MULKLARNI

personmaftuna 15-05-25, 12:17
0 BANKLAR QARZDORLIK HISOBIGA BALANSGA OLINGAN MOL-MULKLARNI OʻZLARI SOTISHADI

Prezidentning 15.04.2025-yildagi "Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini...

menu
menu