BANKLAR QARZDORLIK HISOBIGA BALANSGA OLINGAN MOL-MULKLARNI OʻZLARI SOTISHADI
Prezidentning 15.04.2025-yildagi "Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-142-son qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-maydan boshlab ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklar va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalari auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni oʻzlari sotish huquqiga ega. Ular shuningdek bunday mol-mulkni kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki lizing shartnomalari orqali sotishlari mumkin.
Tijorat banklari qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, teхnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali toʻхtab qolgan ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqiga ham ega.
2025-yil 1-sentyabrdan da’vo arizasi boʻyicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi quyidagilarni tashkil etadi:
- yuridik shaхslarga nisbatan – BHMning 150 baravarigacha;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – BHMning 100 baravarigacha;
- jismoniy shaхslarga nisbatan – BHMning 50 baravarigacha.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ПЕДАГОГ КАДРЛАРНИ КАСБИЙ СЕРТИФИКАТЛАШ БЎЙИЧА ДАВЛАТ
personmaftuna 12-03-24, 02:24Ҳукумат қарори (87-сон, 12.02.2024 й) билан “Давлат умумий ўрта таълим ташкилотлари педагог кадрларини касбий...
BILIB OLING
personmaftuna 16-12-24, 19:16O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor...
QONUNCHILIKKA KO'RA, XODIM VA ISH BERUVCHI O'RTASIDAGI
personmaftuna 30-09-24, 01:36Qonunchilikka ko'ra, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi...