“IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI”GA KIRITILGANLARNING XARIDLARI UCHUN QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I QAYTARIB BERILADIGAN TOVARLAR RO‘YXATI KENGAYTIRILDI
Prezidentning PQ-13-son qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
▪un;
▪shakar;
▪dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT
personmaftuna 30-09-24, 22:59O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha...
MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA SUDGA MUROJAAT QILISH MUDDATI?
personmaftuna 30-09-24, 23:09А maldagi Mehnat kodeksining 560-moddasiga asosan, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga...
XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI
personmaftuna 30-04-24, 00:33Vazirlar Mahkamasining 07.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida х orijiy tijorat tashkilotlarining vakolat...