Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABALAR UCHUN HAQ TO‘LANADIGAN AMALIYOT O‘TASH TARTIBI BELGILANGAN

TALABALAR UCHUN HAQ TO‘LANADIGAN AMALIYOT O‘TASH TARTIBI BELGILANGAN

Vazirlar Mahkmasining 11-son qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.

Tanlovda qatnashish uchun talaba:

 bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;

 ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;

 O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.

Oliy ta’lim tashkiloti ariza bergan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi. 

Maxsus komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqib, talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 

Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari bo‘yicha ma’lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.

G‘olib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi. 

Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.



Boshqa maqolalar

VAFOT ETGAN SHAXSNI OTA SIFATIDA BELGILASH MUMKINMI?

personmaftuna 29-06-24, 07:05
0 VAFOT ETGAN SHAXSNI OTA SIFATIDA BELGILASH MUMKINMI? OTALIKNI BELGILASH BOʻYICHA MUHIM 6 QOIDA

Nikohda tugʻilgan bolaning ota-onasiga oid maʼlumotlar nikoh guvohnomasi asosida yoziladi. Nikohda tugʻilmagan bolaning...

AYRIM ROʻYXATDAN OʻTKAZISH DAVLAT RAQAMI BELGILARI UCHUN

personmaftuna 12-06-25, 02:41
0 AYRIM ROʻYXATDAN OʻTKAZISH DAVLAT RAQAMI BELGILARI UCHUN TOʻLOV MIQDORI KAMAYTIRILDI

“Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari,...

XATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISHGA RUXSAT BERILDI

personmaftuna 31-01-24, 02:10
0 XATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISHGA RUXSAT BERILDI

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 39-son qarori bilan “Ijro hujjatlari boʻyicha х atlangan mol-mulkni...

menu
menu