MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA SUDGA MUROJAAT QILISH MUDDATI?
Аmaldagi Mehnat kodeksining 560-moddasiga asosan, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
ishga tiklash to‘gʼrisidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrugʼining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran uch oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘gʼrisidagi nizolar bo‘yicha — ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan eʼtiboran bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘gʼrisida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan eʼtiboran olti oy.
Xodimning hayotiga va sogʼligʼiga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘gʼrisidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI
personmaftuna 08-08-25, 01:48“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish...
ИШГА ҚАБУЛ ҚИЛИШНИ НОҚОНУНИЙ РАД ЭТИШ ТАҚИҚЛАНАДИ !
personmaftuna 08-02-24, 12:27Меҳнат кодексининг 119-моддасига асосан, ишга қабул қилишни қонунга хилоф равишда рад этишга йўл қўйилмайди....
SUD QARORINI IJRO ETMASANGIZ JARIMA NAQD !
personmaftuna 30-01-25, 13:16O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198 prim 1-moddasiga binoan bazaviy...