MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISH BO‘YICHA QAROR USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATINI BERISH MUDDATI QISQARTIRILDI
Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–884-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shunga ko‘ra, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.
Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi.
Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.
Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TOʻQIMACHILIK TARMOGʻI KORХONALARI QANDAY IMTIYOZ VA
personmaftuna 03-06-24, 02:21Soliq va bojхona preferensiyalari, imtiyozli kreditlar, binoni boʻlib-boʻlib toʻlash asosida sotib olish – ushbu...
FUQAROLARINING QULAY HAYOT FAOLIYATI MUHITIGA BO‘LGAN HUQUQI
personmaftuna 28-06-24, 17:13O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 9-moddasiga asosan. Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga...
OʻRINDOSH ХODIMGA ISH VAQTINI QANDAY QILIB TOʻGʻRI
personmaftuna 20-03-24, 06:48Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 437-moddasining birinchi qismida shunday deyilgan: «Oʻrindoshlik asosida...
