Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY SOLIQNI TAQSIMLASH, PENSIYA VA BOSHQA TO‘LOVLARNI TO‘LASH UCHUN AJRATILGAN XARAJATLARNI QOPLASH TARTIBI BELGILANDI

IJTIMOIY SOLIQNI TAQSIMLASH, PENSIYA VA BOSHQA TO‘LOVLARNI TO‘LASH UCHUN AJRATILGAN XARAJATLARNI QOPLASH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 661-son qarori  bilan “Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

Nizomga ko‘ra, ijtimoiy soliq soliq to‘lovchilar tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqariladi.

Ijtimoiy soliq yuridik shaxslar tomonidan qo‘shimcha to‘lov, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning ta’minoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning to‘liq hajmida o‘tkaziladi.

Yuridik shaxslar ijtimoiy soliq to‘lanishi bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘zlari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan soliq xizmati organlari bilan birgalikda yuritadi.

Yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliqning hisoblab yozilishi va o‘tkazilishi, shuningdek, qo‘shimcha to‘lov to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning aks ettirilishi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa – keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining qoplanishi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larga oid ma’lumotlar elektron shaklda Soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Pensiya jamg‘armasining pensiyalarni to‘lashga ajratilgan xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan o‘z vaqtida qoplanmagan taqdirda, qoplanishi lozim bo‘lgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun qarzdorlik summasining 100 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya hisoblanadi va undiriladi.

Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablag‘lar asosida taqdim etilgan talabnomalarga ko‘ra 2 ish kunida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtiradi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


Boshqa maqolalar

FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI

personmaftuna 12-12-24, 01:50
0 FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI IDENTIFIKATSION ID KARTA BILAN CHET ELGA CHIQSA BO‘LADIMI?

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning...

AYOLLAR DAFTARI”DAN KIMLAR CHIQARILADI ?

personmaftuna 30-09-24, 12:21
0 AYOLLAR DAFTARI”DAN KIMLAR CHIQARILADI ?

Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar...

TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI

personmaftuna 12-08-24, 22:57
0 TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI BOʻYICHA BAHOLANADI

Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...

menu
menu