IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QATLAMINING MANZILLI VA SAMARALI IJTIMOIY HIMOYA QILINISHI KUCHAYTIRILADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-977-son, 18.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va ma'muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Bundan tashqari, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.Shu bilan birga, umrbod ta'minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma'lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TELEFON ORQALI ISHDAN BOʻSHASH MUMKINMI?
personmaftuna 28-03-24, 00:32Yoʻq, yoʻl qoʻyilmaydi. Mehnat shartnomasini хodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma...
ONKOLOGIK KASALLIKKA CHALINGAN AYOLLAR BEPUL DAVOLANADI
personmaftuna 11-12-24, 02:21“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...
BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI
personmaftuna 20-02-25, 11:45O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...