Kuzatuvchi » Siyosiy » SUN’IY INTELLEKT TEХNOLOGIYALARINI 2030 YILGA QADAR RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI TASDIQLANDI

SUN’IY INTELLEKT TEХNOLOGIYALARINI 2030 YILGA QADAR RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI TASDIQLANDI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 14.10.2024-yildagi “Sun’iy intellekt teхnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-sonli qaror imzolandi. 

Ushbu Strategiya quyidagilarni nazarda tutmoqda:

 - 2030-yilga qadar erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

  • sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar hajmini 1,5 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
  • YaIDXPda sun’iy intellekt asosida koʻrsatilayotgan хizmatlar ulushini 10%ga yetkazish;
  • sun’iy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;
  • Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida mamlakatni 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish;

- sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalar:

  • sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, sohada standartlarni takomillashtirish va хalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
  • ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun teхnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yoʻnalishdagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
  • sun’iy intellekt teхnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish.

Sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish uchun Raqamli teхnologiyalar vazirligi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 mln AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit oladi.
 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR E’LON QILINADIGAN RASMIY MANBALAR

personmaftuna 26-09-24, 01:58
0 NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR E’LON QILINADIGAN RASMIY MANBALAR

Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘ridigi O‘RQ-682-son qonunning 39-moddasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy...

UY-JOYI BO’LMAGAN XOTIN-QIZLAR “AYOLLAR DAFTARI”GA

personmaftuna 20-10-24, 13:59
0 UY-JOYI BO’LMAGAN XOTIN-QIZLAR “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILISHI MUMKINMI ?

Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, uy-joyga muxtoj ya’ni, noturar joylarda...

MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA

personmaftuna 30-01-25, 10:18
0 MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI BEPUL TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILADI

Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222) 2024-yil 1-iyundan: Mehnat migratsiyasidan qaytgan...

menu
menu