NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR E’LON QILINADIGAN RASMIY MANBALAR
Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘ridigi O‘RQ-682-son qonunning 39-moddasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar etib belgilangan.
Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar hisoblanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT MULKINI BOSHQARISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
personmaftuna 28-10-24, 15:38O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.10.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi...
КОНСТИТУЦИЯВИЙ СУД СУДЬЯЛАРИНИНГ ВАКОЛАТ МУДДАТИ ЎЗГАРДИ
personmaftuna 27-01-24, 23:29Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-895-сон, 12.01.2024 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди...
INTIZOMIY JAZO CHORALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 30-09-24, 02:05Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 1)...