TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI BOʻYICHA VALYUTA NAZORATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi PF-156-son Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ushbu hujjat tashqi savdo operatsiyalarida muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisob-kitob qilishni yanada takomillashtirish, aktivlarni repatriatsiya qilish boʻyicha munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, bojхona toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaslik tartibini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar bojхona toʻlovlarini kechiktirish muddatlarini unifikatsiya qilish va ushbu muddatlarni 120 kundan oshmaydigan qilib belgilashni nazarda tutadi. Tegishli oʻzgarish Prezidentning 12.06.2023-yildagi PF-93-son Farmoniga kiritildi.
Bundan tashqari, qishloq хoʻjaligi teхnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlarni import qilishda QQSni toʻlashni kechiktirish 120 kungacha qisqartiriladi (Prezidentning 01.02.2021-yil PQ-4969-son qarorida 270 kun nazarda tutilgan edi).
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ПЕДАГОГ ХОДИМЛАР УЧУН ЙИЛЛИК УЗАЙТИРИЛГАН МЕҲНАТ ТАЪТИЛИ
personmaftuna 08-06-25, 16:22Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 26 июндаги 263-сон қарори (https://lex.uz/docs/-6516542) билан Педагог ходимлар учун...
ҚОНУНЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ МУНОСАБАТЛАРНИ ТАРТИБГА СОЛИШДАГИ
personmaftuna 09-03-24, 00:57“Қонунларнинг ижтимоий муносабатларни тартибга солишдаги ролини ҳамда норма ижодкорлиги жараёни сифатини янада ошириш...
АЛОҲИДА ДОРИ ВОСИТАЛАРИНИ КЛИНИК ТАДҚИҚОТЛАРСИЗ ДАВЛАТ
personmaftuna 01-09-25, 02:09“Алоҳида дори воситаларини клиник тадқиқотларсиз давлат рўйхатидан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом Адлия вазирлигида...