KONSTITUTSIYA KUNI QANDAY OʻTKAZILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 17.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-53-sonli Farmoyishi imzolandi.
Ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi tasdiqlandi. Uning raisi etib Bosh vazir tayinlandi.
Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi qabul qilingan boʻlib, unda quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha 50 dan ziyod tadbirlar aks ettirilgan:
- Konstitutsiya mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari;
- bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar;
- davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar
- ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari.
Tadbirlar “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
1-DEKABRDAN ICHIMLIK SUVI VA KANALIZATSIYA UCHUN TO‘LOVLAR
personmaftuna 17-12-24, 10:54Mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi....
AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 23:09O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 54-moddasiga asosan. Auksion...
YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI
personmaftuna 11-12-24, 10:55Aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda jamoat transportlarining o‘rni beqiyos. Normativ-huquqiy hujjatlar...