1-DEKABRDAN ICHIMLIK SUVI VA KANALIZATSIYA UCHUN TO‘LOVLAR FAQAT ONLAYN AMALGA OSHIRILADI
Mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi.
1-dekabrdan O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur chora suv ta’minoti sohasida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiya holatlariga qarshi kurashishga qaratilgan.
Endilikda mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi.
Fuqarolar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan to‘lov usullarini tanlashlari mumkin:
“O‘zsuvta’minot” saytidashaxsiy kabinet;
Telegram-bot;
elektron to‘lov xizmatlari (Click, Paynet, Alif Mobi, Payme, Oson, Uzum Bank);
infokioskalar, tijorat banklarining kassalari, pochta bo‘limlari.
Xabarda ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda sohada korrupsiya holatlari aniqlangan. Masalan, Sirdaryo viloyatidagi inspektor 36 nafar jismoniy va yuridik shaxsning ishonchiga kirib, davlat kompaniyasi va fuqarolarning hisob raqamlariga o‘tkazmasdan 52 mln so‘mni o‘zlashtirib olgan.
Bundan tashqari, “Xorazm suv ta’minoti” kompaniyasining 5 ta tuman filiallari mas’ullari tomonidan iste’molchilar tomonidan to‘langan 380 mln so‘m mablag‘lar bank hisob raqamlariga o‘tkazilmasdan o‘zlashtirilgani aniqlangan. Ikkala holat bo‘yicha ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QAYSI DORI VOSITALARI DAVLAT ROʻYХATIDAN OʻTKAZMASDAN
personmaftuna 19-05-25, 10:33Sogʻliqni saqlash vazirining 12.03.2025-yildagi AV roʻy х at raqami 3611-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasida...
CHANG BO'RONLARIGA QARSHI KURASHISH BO'YICHA MILLIY DASTUR
personmaftuna 26-12-24, 13:21“Chang bo'ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo'yicha birinchi navbatdagi...
MA’NAVIY ZARAR NIMA?
personmaftuna 30-09-24, 21:50Maʼnaviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati yoki harakatsizligi oqibatida u...