Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNI RASMIYLASHTIRISH

MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNI RASMIYLASHTIRISH

Mehnat kodeksining 168-moddasiga asosan, mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat: xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi, shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi, xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, o‘sha sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek sudning qaroriga binoan xodimning ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yuborilganligi, ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilsa, qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi, tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi, xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganligi,  xodim vafot etganligi, shuningdek sud tomonidan xodimning bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosining vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar belgilangan.

Mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilingan deb hisoblanadi:

jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi vafot etganda, shuningdek jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganda;

xodim yoki jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilganda, agar bu jismoniy shaxsning ish beruvchining vazifalarini bajarish, xodimning esa avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan bo‘lsa.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ATTESTATSIYA NATIJALARI YUZASIDAN MUROJAAT QILISH TARIBI

personmaftuna 30-09-24, 11:57
0 ATTESTATSIYA NATIJALARI YUZASIDAN MUROJAAT QILISH TARIBI QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan...

ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИНИНГ ИСТЕЪМОЛ НОРМАЛАРИ ҲАР 3 ЙИЛДА

personmaftuna 17-03-25, 11:20
0 ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИНИНГ ИСТЕЪМОЛ НОРМАЛАРИ ҲАР 3 ЙИЛДА ҚАЙТА КЎРИБ ЧИҚИЛАДИ

“Озиқ-овқат хавфсизлиги тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ-1023-сон, 03.02.2025 й.) қабул қилинди. Қонун озиқ-овқат хавфсизлиги...

ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA

personmaftuna 22-03-25, 11:42
0 ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni va issiqxona...

menu
menu