Kuzatuvchi » Siyosiy » QAYSI HOLLARDA HAYDOVCHI YPX XODIMI BILAN O‘ZARO MUNOSABATDA AVTOMOBIL KABINASIDAN CHIQISHI SHART?

QAYSI HOLLARDA HAYDOVCHI YPX XODIMI BILAN O‘ZARO MUNOSABATDA AVTOMOBIL KABINASIDAN CHIQISHI SHART?

Qonunchilikka ko‘ra, YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini faqat quyidagi hollarda talab qilishga haqli:

- transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

- haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;

- transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

- transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

- haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

- haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).

Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.

Yo‘l harakati qatnashchilari mazkur holatlardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishishga haqli.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

YUK TASHILAYOTGANDA – BREZENT BILAN YOPILGAN BO’LISHI SHART

personmaftuna 20-10-24, 13:24
0 YUK TASHILAYOTGANDA – BREZENT BILAN YOPILGAN BO’LISHI SHART

Avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og'ir yuklardan...

ОИЛАСИДА НОГИРОН АЪЗОЛАРИ БЎЛГАН ШАХСЛАР АУКЦИОН ОРҚАЛИ ЕР

personmaftuna 08-02-24, 12:23
0 ОИЛАСИДА НОГИРОН АЪЗОЛАРИ БЎЛГАН ШАХСЛАР АУКЦИОН ОРҚАЛИ ЕР УЧАСТКАСИ СОТИБ ОЛИШДА УЛАРГА 33 000 000 СЎМГАЧА БИР МАРТАЛИК ЁРДАМ ПУЛИ БЕРИЛАДИ

Ҳукуматнинг 23.03.2023 йил кунги 122-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан, ер участкасини аукцион орқали сотиб...

AYOLLAR BILAN TUZILGAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR

personmaftuna 17-03-24, 18:31
0 AYOLLAR BILAN TUZILGAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHDAGI KAFOLATLAR

Qonunhchilikda homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish...

menu
menu