QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISHNING TURLARI VA SHAKLLARI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida nizomga asosan, Pedagog xodimlarning malakasini oshirish to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita shakllari bo‘yicha tashkil etilishi belgilangan.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirishning quyidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka oshirish shakllari qo‘llaniladi: malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish, “ustoz-shogird” usuli bo‘yicha o‘qitish, mustaqil o‘qib bilim orttirish, masofaviy ta’lim, stajirovka shaklida tajriba orttirish.
Mustaqil o‘qib bilim orttirish — pedagog xodimlar tomonidan kasb mahoratini oshirishga, kasbiy layoqat va ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishini nazarda tutadi.
Mustaqil ravishda bilim olish ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uzluksiz ta’limining ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallab olinishini rag‘batlantiradi. Mustaqil ta’lim, belgilangan tartibda, malaka oshirishning tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida pedagog xodimga hududiy markaz tomonidan malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi hujjat beriladi.
Masofaviy ta’lim — onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shaklida amalga oshiriladi.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirishning bilvosita shakllari quyidagilardan iborat: ochiq o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust o‘qishlarida ma’ruzalar bilan qatnashish.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi: asosiy ishdan bo‘shagan holda, asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda asosiy ishdan bo‘shamagan holda.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI SAYLOV HUQUQI HAQIDA BILASIZMI ?
personmaftuna 28-06-24, 17:16O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 6-moddasiga asosan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik...
ZARGARLIK SOHASI VA DAM OLISH MASKANLARIGA SOLIQ
personmaftuna 02-06-24, 03:42Prezident tomonidan 13.05.2024 - yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va...
ЗЎРАВОНЛИККА УЧРАГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРИЛАДИ
personmaftuna 30-09-24, 10:51Вазирлар Маҳкамасининг 25.06.2024 йилдаги “Тазйиқ ва зўравонликка учраган хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган...