MEHNAT SHARTLARINI XODIMNING ROZILIGISIZ O‘ZGARTIRISH HUQUQI
Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.
Mehnat qonunchiligida, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi, deb ko‘rsatilgan.
Shuningdek, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HAR YILGI MEHNAT TA’TILI HAQIDA: MUHIM 5 SAVOLGA 5 JAVOB
personmaftuna 13-12-24, 09:571. Mehnat ta’tili davomiyligi qancha bo‘lishi kerak? Mehnat kodeksining 218-moddasiga binoan quyidagi toifa shaxslarga...
TARAFLARNING KELISHUVIGA KO‘RA MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR
personmaftuna 07-02-25, 13:55Mehnat kodeksi 157-moddasi mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish tartibini belgilaydi....
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 03-08-24, 02:29II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга мол-мулк солиғидан қандай имтиёзлар бор? Ўзбекистон Республикаси Солиқ...