Kuzatuvchi » Siyosiy » UNIVERSITETLARNING «REPORTER» MAQOMI MAQTANISHGA ARZIYDIMI?

UNIVERSITETLARNING «REPORTER» MAQOMI MAQTANISHGA ARZIYDIMI?

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʻzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi. Ushbu roʻyxatga 108 davlatdan 1.904 ta universitet kiritilgan. Bu yilgi reytingda Oʻzbekistondagi 48 ta universitet “Reporter” (Reporter) maqomida reytingdan oʻrin oldi. Bu oʻtgan yilgiga nisbatan 20 taga koʻp ekan. Bulardan 47 tasi davlat universiteti va bitta xususiy universitet bor. Koʻrinib turibdi, vazirlik yoppasiga hammani ushbu roʻyxatga kiritishga harakat qilmoqda. Baʼzi xabalarda buni ajoyib tarzda reklama qilishmoqda, qandaydir xushxabar/yutuq sifatida taʼriflashmoqda. Bu reytinglarni tushunmagan insonlar uchun bu haqida biroz izoh berib oʻtaman. 

“Reporter” maqomi 2021-yilda joriy etilgan boʻlib, “kuchlilar” reytingiga kirish uchun hujjat topshirib kira olmagan universitetlarni “hafa qilmaslik” uchun shunaqa variantni oʻylab topishgan, chunki hamma xalqaro reytinglar katta pul turadi, bu esa yaxshi biznes. Sizning oddiy amerika vizasi uchun topshirilgan anketani koʻrib chiqqaniga konsulga 160 dollar toʻlaysiz, reyting uchun topshirilgan yuzlab hujjat bepul boʻladimi? Demak, shartlarni bajara olmagan universitetlarni “uzoqlashtirmaslik” uchun shu tarzda ushlab turishadi. Yaʼni boshqacha qilib aytganda “reporter” maqomi aslida autsayder degani, chiziqdan tashqarida qolganlar. Bular hech qanday reytinga kirmaydi, bularga raqam berilmaydi, “kuchli”lardan keyin alfavit boʻyicha nomi yoziladi. Imtihonga tayyorgarlik koʻrib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday boʻlsa “reporter” maqomi ham shunday. Xatolaridan dars chiqarib keyingi imtihonga tayyorgarlik koʻradi.  2024 - reytingiga kirishning eng muhim sharti 2018-2022-yillar orasi universitetda kamida 1000 ta yuqori indeksatsiya/impakt faktorli maqolalar chop etilgan boʻlishi kerak. Soʻnggi yillarda PhD-yu professorlar soni qoʻziqorindan toshib ketdi, demak 48 ta universitetdan birortasi ham bu natijaga erisha olmagan. Kelasi yil barcha 114 ta davlat OTMsi hujjat topshirsa ham shu ahvol boʻlsa kerak, chegaradan tashqarida qolib “reporter” maqomiga ega boʻladi. Lekin qancha pul sarf etiladi. Misol tariqasida, qoʻshnimiz qozoqlardan 29 ta universitet hujjat topshirgan, 4 tasi “kuchlilar” qatorida, qolgani “reporter” maqomida. Turkmanistondan 11 ta, qirgʻizlardan 1 ta universitet “reporter” maqomida, tojiklar topshirmagan, chunki hammasi katta pul turadi. Ozarbayjondan 6 ta universitetdan bittasi “kuchli”lar safida, armanilardan 4 tadan bittasi “kuchli” maqomga ega boʻlgan. Iroqdan 63 ta universitet hujjat topshirgan, 13 tasi “kuchli”lar safida. Devalvatsiyaning chempioni Zimbabvedan 2 ta universitetdan bittasi reytinga kirgan. 70-yillik urush bilan vayron boʻlgan Falastindan 6 ta universitet hujjat topshirgan, bittasi “kuchli”lar roʻyxatida.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN

personmaftuna 28-06-24, 08:24
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi...

ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI

personmaftuna 03-06-24, 02:06
0 ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI

Prezident tomonidan 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining...

QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 10-12-24, 09:39
0 QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Quyidagi shaxslarning farzand asrab...

menu
menu