Kuzatuvchi » Ijtimoiy » K O R R U P S I YA U JAMIYAT VA DAVLAT UCHUN IJTIMOIY XAVFLI ILLATDIR

K O R R U P S I YA U JAMIYAT VA DAVLAT UCHUN IJTIMOIY XAVFLI ILLATDIR


Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Ushbu masala murakkab va yechimi qiyin bo‘lib, unga jamiyatdagi bir kasallik deb qaraladi. Korrupsiya davlatning turli tuzilmalariga, jumladan, soliq tizimiga, ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurashga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida bu illatning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu o‘rinda “korrupsiya o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Korrupsiya tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonunining 3-moddasida ta’rif berib o‘tilgan bo‘lib, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi hisoblanadi.

Etimologik  jihatdan “korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Har bir mamlakat, xalq “jinoyat” va “korrupsiya” kabi tushunchalarni o‘z dunyoqarashi, tafakkuri va mentaliteti darajasiga ko‘ra har xil tasavvur qiladi. Ayrim mamlakatlarda korrupsiya poraxo‘rlikning sinonimi hisoblanadi, ayrim davlatlarda esa u kengroq - davlat hokimiyati va hatto, jamiyatning ma’naviy inqirozi sifatida talqin etiladi.

Yaqinda Bosh boshqarmamizda barcha xodimlar ishtirokida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan rejamizga asosan o‘tkazilgan yig‘ilishda ana shular haqida so‘z yuritildi.

 

Avvalo, xodimlar o‘rtasida qonunchilikka rioya qilish, tartib-intizom, yuksak ma`naviy holatni ushlab turish, jinoyatga moyil shaxslarni aniqlash va salbiy xatti-harakatlarning oldini olish, Bank kasb – odob ahloq kodeksiga to‘liq amal etilishi, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga yo‘l qoymaslik to`g`risida gap bordi. Shuningdek, barcha bo‘lim rahbarlari, bank xizmatlari markazlari va ofislari boshqaruvchilariga xodimlar tomonidan ish vaqtiga rioya etilishi, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam yangilab borish, mijozlar bilan muomala madaniyatini qat’iy nazoratga olish topshirildi. Qolaversa, yig‘ilish davomida Bosh boshqarma va bank xizmatlari markazlari hamda ofislarida maxfiylik tartibini mustahkamlash, xizmat doirasidagi hujjatlar aylanishi, axborotlar xavfsizliginita’minlash, “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Bosh ofisining 2023-yil 1- martdagi 645-sonli buyrug`i bilan ro‘yxatga olingan korrupsiyaga qarshi kurash siyosatiga va xodimlarni ishga qabul qilishda maxsus ruxsatnomalar  rasmiylashtirish  talablariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik,  yosh  kadrlarni   ustoz shogird  an`anasida   tarbiyalash, ularning kasbiga sodiq va   fidoyi inson bo‘lishlari, eng avvalo, o`rinbosarlarni vatanparvarlik  ruhida tarbiyalash kerakligi alohida ta’kidlandi.

Shu o‘rinda bir narsani qayd qilish kerakki, Bosh boshqarmamizda komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy qilingan. Ayni paytda ushbu vazifada ishlayotgan Umarbek Davlanov xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga chek qo‘yish, unga imkon beruvchi sabab va shart sharoitlarni  bartaraf etish har bir xodimdan mas’uliyat talab qilishi, bankda ayniqsa, mijozlarga xizmat  ko‘rsatish   jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muntazam profilaktik  suhbatlar  olib bormoqda.

Korrupsiya hodisasiga keng ma’noda yondoshadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Darvoqe, mazkur illatga qarshi kurashga nafaqat davlat organlari balki, jamiyat va umuman, barcha fuqarolar mas’uldirlar. Shunday ekan, har birimiz mamlakatimiz ravnaqi uchun ushbu illatga qarshi kurashishni asosiy burchimiz, deb bilishimiz lozim.

 

 

Sh.QO‘CHQOROV,

“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati viloyat Bosh boshqarmasining boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi. 

 

 

Boshqa maqolalar

“XALQCHIL IPO” DASTURI DOIRASIDA O‘ZBEKISTONDAGI YIRIK

personmaftuna 06-11-24, 15:22
0 “XALQCHIL IPO” DASTURI DOIRASIDA  O‘ZBEKISTONDAGI YIRIK KOMPANIYALARNING AKSIYALARI SOTUVGA CHIQARILADI

Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 19- apreldagi 162- sonli qaroriga muvofiq “Xalqchil IPO” dasturi doirasida...

“BUILD SALE GROUP” МАСЪУЛИЯТИ ЧЕКЛАНГАН ЖАМИЯТИ АХБОРОТ

personmaftuna 13-05-24, 01:27
0 “BUILD SALE GROUP” МАСЪУЛИЯТИ ЧЕКЛАНГАН ЖАМИЯТИ АХБОРОТ МАСЛАҲАТ  ХИЗМАТЛАРИ КЎРСАТИШ САВДОЛАРИГА Т А К Л И Ф    Э Т А Д И

1.Қўшкўпир тумани умумий овқатланиш унитар корхонаси балансидаги Айронкўл маҳалласи Аз-Замахшарий кўчаси, 158-уйда...

K O R R U P S I YA U JAMIYAT VA DAVLAT UCHUN IJTIMOIY

personmaftuna 07-05-24, 23:44
0 K O R R U P S I YA  U JAMIYAT VA DAVLAT UCHUN IJTIMOIY XAVFLI ILLATDIR

Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama...

menu
menu