BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIK HOLATLARINI ANIQLASH, ZO‘RAVONLIK XAVFI DARAJASINI BAHOLASH, HIMOYA QILISH REJASINI ISHLAB CHIQISH HAMDA UNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?
“Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, zo‘ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 14.07.2025-yil kunda hukumatimiz tomonidan 440-sonli nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizomga ko‘ra, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoxud o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar bevosita o‘zlari yoxud qonuniy vakillari “Inson” markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas’ul organlarga murojaat qiladi.
“Inson” markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o‘rganadi.
Bunda “Inson” markazi bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o‘tkazadi hamda xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topishi mumkin.
Xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko‘radi:
- zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish hamda protsessual majburlov choralarini qo‘llash;
- bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;
- bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan olib qo‘yish va uning xavfsizligini ta’minlash.
Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, “Inson” markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o‘tkazadi.
Kompleks baholash natijalariga ko‘ra 3 ish kuni ichida bolani himoya qilish rejasi ishlab chiqiladi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin:
▪️ tuzatish dasturidan o‘tish;
▪️ bolalarini olib qo‘yish;
▪️ ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish.
▪️ narkologiya muassasalarida majburiy davolanish;
▪️ majburiy tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИК БЎЙИЧА ҚАРОР УСТИДАН ШИКОЯТ БЕРИШ
personmaftuna 23-03-24, 22:4325.12.2023 йил кунги ЎРҚ-884-сон Қонун Президент томонидан имзоланди. Қонун билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги...
UMUMIY SAYLOV HUQUQI NIMA U?
personmaftuna 28-06-24, 17:16O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi...
БИЛИБ ОЛИНГ !
personmaftuna 15-12-24, 21:39“Ўзбекистон Республикасида 2024–2030 йилларда давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...