Kuzatuvchi » Siyosiy » KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISHNI BEVOSITA AMALGA OSHIRUVCHI DAVLAT ORGANLARI

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISHNI BEVOSITA AMALGA OSHIRUVCHI DAVLAT ORGANLARI

Korruptsiyaga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari:           

  • §  Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi;
  • §  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
  • §  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
  • §  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
  • §  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Korruptsiyaga qarshi kurash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari      tomonidan ham amalga oshiriladi.

Korruptsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish — tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam ko‘rsatish.

Korruptsiyaga haqida xabar berganlik shaxslarga bir martalik pul mukofotlari:

Korruptsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish va uni fosh etishda ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar haqida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga xabar berganlik yoki bunday toifadagi jinoyatlarni tergov qilish yoxud tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda bevosita ko‘maklashganlik uchun shaxs tashakkurnoma yoki esdalik sovg‘a shaklida rag‘batlantirish tarzida taqdirlanadi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno.

Esdalik sovg‘a qiymati BHM 2 baravaridan oshmasligi lozim.

Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasi korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organ maxsus komissiyaning qarori asosida 1 ish kuni ichida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘asi bilan taqdirlash haqida qaror chiqaradi.

Bir martalik pul mukofoti xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng 10 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi, esdalik sovg‘asi esa qonun hujjatlariga muvofiq sovg‘a qilinadigan buyum xarid qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida topshiriladi.

Korruptsiya haqida xabar berish:

Bosh prokuratura ishonch raqami - 1007;

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi - 1253;

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti - 71-233-1007.


K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA

personmaftuna 13-12-24, 09:53
0 O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA MUHIM NORMA

1. Mulk huquqi. Fuqarolik kodeksida mulk huquqi xususiy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan egalik qilish,...

MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TA’LIMGA QAMRAB OLISH

personmaftuna 14-06-24, 16:09
0 MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TA’LIMGA QAMRAB OLISH

O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020-yildagi TA’LIM TO‘G‘RISIDA O‘RQ-637-son qonuniga muvofiq, Umumiy o‘rta ta’lim...

ЮРИДИК ШАХСЛАРГА СТИРНИ БИРИКТИРИШ РЕГЛАМЕНТИ ТАСДИҚЛАНМОҚДА

personmaftuna 30-09-24, 10:50
0 ЮРИДИК ШАХСЛАРГА СТИРНИ БИРИКТИРИШ РЕГЛАМЕНТИ ТАСДИҚЛАНМОҚДА

Вазирлар Маҳкамасининг 05.08.2024 йилдаги «Солиқ тўловчиларни ҳисобга қўйиш соҳасидаги айрим давлат хизматларини...

menu
menu