Kuzatuvchi » Siyosiy » NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING SAMARALI FAOLIYAT YURITISHI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATILADI

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING SAMARALI FAOLIYAT YURITISHI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATILADI

Ozbekiston Respublikasining 21.08.2025-yildagi ORQ–1083-sonli Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qoshimcha va ozgartirishlar kiritildi.

 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish:

 BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatxona va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat amalga oshirishi:

 BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutildi.

Ilgari mazkur huquqbuzarlik uchun jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 30 baravarigachani tashkil etgan. 

            Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra, qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaslik yoki ko‘rib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzish:

 mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.

 Bundan tashqari, homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi aniq belgilandi.

 Unga ko‘ra, homiylik xayriyalarini yig‘ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.

 Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzish:

 fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

ДАВЛАТ ИЖРОЧИЛАРИ ИЖРО ЙИҒИМИ ҲИСОБИДАН МОДДИЙ

personmaftuna 07-06-25, 19:26
0 ДАВЛАТ ИЖРОЧИЛАРИ ИЖРО ЙИҒИМИ ҲИСОБИДАН МОДДИЙ РАҒБАТЛАНТИРИЛАДИ

“Давлат ижрочиларини ижро йиғими ҳисобидан моддий рағбатлантириш тартиби тўғрисида”ги низом Адлия вазирлигида давлат...

YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI

personmaftuna 17-05-24, 01:44
0 YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-aprel kuni qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali...

. INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB

personmaftuna 30-04-24, 00:29
0 . INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB CHIQISHGA HAQLI

Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining...

menu
menu