Kuzatuvchi » Siyosiy » YEROSTI SUV OLISH INSHOOTLARINI SUV HISOBLASH VOSITALARI BILAN JIHOZLASHNI RO'YXATGA OLISH TARTIBI BELGILANDI

YEROSTI SUV OLISH INSHOOTLARINI SUV HISOBLASH VOSITALARI BILAN JIHOZLASHNI RO'YXATGA OLISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (547-son, 28.08.2025-y.) bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro'yxatga olish va muhrlash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Reglamentga ko'ra, ushbu davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko'rsatiladi. Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat O'zbekiston Respublikasida o'lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblash vositalarining o'rnatilishiga yo'l qo'yiladi. Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin o'rnatilishi lozim.  Davlat xizmati ko'rsatilgani uchun BHMning 50 foizi miqdorida yig'im undiriladi. Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari so'rovnoma yuborilgach, 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida o'rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro'yxatga oladi va muhrlaydi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:08
0 BILASIZMI?

Vasiyatnoma bo‘lmaganida qonun bo‘yicha vorislik asosida meros taqsimlanadi. Qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka...

ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИДА ҚАЙТА ИШЛАШ ЗАНЖИРИ

personmaftuna 30-01-25, 11:28
0 ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИДА ҚАЙТА ИШЛАШ ЗАНЖИРИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатида қайта ишлаш занжирини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...

MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

personmaftuna 03-06-24, 02:14
0 MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024 - yildagi “Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida milliy teхnik...

menu
menu