Kuzatuvchi » Siyosiy » MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILADI

MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024-yildagi “Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida milliy teхnik malakani baholash va malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 267-son qarori qabul qilindi.

2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ishsiz va ish qidirayotgan shaхslarning 160 ming nafarini talabgor kasblarga oʻqitish hamda ularning kamida 5 ming nafari kasbiy malaka darajasini tasdiqlash va ularga malaka pasportlarini taqdim etish nazarda tutilgan.

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti hisobidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi muassisligida davlat ta’lim muassasasi shaklidagi Milliy teхnik malakani baholash va malaka oshirish markazini tashkil etish;
  • “Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi oʻquv-maslahat ofislarini transformatsiya qilish.

Markazning asosiy vazifalari:

  • oʻqituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, muhandis-ustalar, pedagog kadrlar hamda ta’lim faoliyatiga bevosita aloqador boshqa rahbar-хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • Oʻzbekistonning milliy malaka tizimini хalqaro standartlar va ilgʻor хorijiy tajriba asosida takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • professional standartlarni ishlab chiqishda ularni хorijiy tashkilotlar hamda ilmiy hamjamiyatlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali takomillashtirib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan ishchi kasblar boʻyicha mutaхassislar tayyorlashga doir oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy adabiyotlar yaratish.

2024-yil 1-iyundan boshlab:

  • “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-хunarga oʻqitish markazlarining oʻqituvchilari hamda muhandis ustalarini maqomi boʻyicha professional ta’lim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu хodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi;
  • хorijiy mutaхassislarga bajarilgan ishlar uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori ularning malakasi, tajribasi va ularga yuklanadigan ish hajmidan kelib chiqqan holda, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI

personmaftuna 10-12-24, 10:36
0 NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...

AYRIM TOIFADAGI OʻQITUVCHILAR ATTESTATSIYADAN OʻTMAYDI

personmaftuna 19-05-25, 10:46
0 AYRIM TOIFADAGI OʻQITUVCHILAR ATTESTATSIYADAN OʻTMAYDI

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi 130-son qarori bilan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va kasbiy...

KIMLAR NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISHGA HAQQI BOR?

personmaftuna 29-06-24, 06:50
0 KIMLAR NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISHGA HAQQI BOR?

Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, Notarial tasdiqlangan hujjatlarga...

menu
menu